Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Oliy ta'lim illyuziyasi

Updated:

Oliy ta’lim: Miqdor va sifat balansi

Bugun ta’lim bozori kengaydi, ammo bilim sifati ortdimi? Keling, xususiy va davlat oliygohlaridagi holatni tahlil qilamiz.

Xususiy universitetlar

Hozirgi kunda juda koʻpchilik oliy ta’limda oʻqiyapti, sababini xususiy oliygohlar ochilgani bilan bogʻlash mumkin. Ulardagi sifat darajasini oʻqib chiqayotgan kadrlar saviyasidan bilish qiyin emas. Sharoitlar yaxshi boʻlishi mumkin, lekin biz oʻylagandek sifatli kadrlar yetishib chiqmayapti.

Davlat oliygohlari

Davlat oliygohlarida ham koʻpida ahvol shunday. Biz oʻqishga kirgan paytimizda (2019) davlat oliygohlariga 1 mln dan ortiq abituriyent hujjat topshirgan edi (2025-yilda bu koʻrsatkich 732 ming 411 nafar). Bundan koʻrinadiki, bir oʻringa boʻlgan abituriyentlar soni ham shunga yarasha oʻzgargan va raqobat pasaygan.

Tizimdagi “ogʻriqli” nuqtalar

Ta’limdagi “adolatsiz” filtrlar

Yuqoridagilardan tashqari, tizimda shunday tushunchalar borki, ular bilim emas, pul birinchi oʻringa chiqishiga xizmat qiladi:

Inson oʻziga qanday yaxshi narsani ravo koʻrsa, boshqalarga ham shuni ravo koʻrishi kerak. Ammo bilimda “aylanma yoʻllar”ni tanlash kelajakda butun jamiyat uchun qimmatga tushishi mumkin.

Yuqoridagilar men payqagan eng asosiy kamchiliklar, lekin bu yerda kutuvni faqat oliygohdan qilish ham xato.

Universitet = bilim maskani muhit

Nazarimda biz koʻproq muhit uchun toʻlaymiz. Koʻpchilik “oliygohga kirganimdan soʻng bilimlarim abituriyentlik paytimdagidan pastladi” deydi. Aslida bu insonning oʻz ustida ishlamagani, rivojlanishdan toʻxtab qolganini tan olgisi kelmasligi yoki buni anglamasligidir.

Oliygoh — barcha bir maqsad yoʻlidagi insonlarni bir joyda jamlagan muhit hamda tanish-bilish orttirish maskanidir.

Bu muhit ichida bilimlisi ham bor, bilimsizi ham. Sizga berilgan 4 yil vaqt ichida bitta kasbning mutaxassisi boʻlish yetarli. Barcha bilimlar kitoblarda chang bosib yotibdi. Qolaversa, internet manbalarga toʻla, faqat undan toʻgʻri va samarali foydalanishni bilish kifoya.

Maqsadni toʻgʻri qoʻyish

Koʻpchilik ota-onalar farzandiga yoshligidan yaxshi e’tibor berib, ixtisoslashtirilgan maktab va litseylarda oʻqitadi. Kerak boʻlsa, kelajakda kim boʻlishini ham belgilab beradi. Har bir inson alohida shaxs, uning fikrlarini hurmat qilish kerak. Keyinchalik u baribir siz belgilab bergan sohada ishlamasligi mumkin. Ishlasa ham bezib ishga boradi yoki pensiyaga chiqish vaqtini hisoblab yashaydi. Orqaga qaytib tavakkal (risk) qilishdan qoʻrqadi.

Koʻpchilik oliygohni “qashshoqlikdan qutulish chiptasi” deb biladi. Ammo tizimdagi sifatning pastligi va bozor talabidan uzilib qolganlik natijasida, bugun qoʻlida diplomi bor, lekin amalda haydovchilik yoki sotuvchilikdan boshqa ishga yaramaydigan kadrlar armiyasi shakllanib boʻldi.

Bu kasblar uchun diplom kerak deb oʻylaysizmi?

Men qaysidir kasbni yomon demoqchi emasman, har bir kasbda mutaxassis boʻlib yetarlicha daramaod qilish mumkin. Faqat bu birdaniga emas, yillar davomida yigʻilgan xatolardan olingan tajribalar bunga zamin yaratadi.

4 yil umr, qiynalib topgan pul men ishlatmaydigan bir parcha qoʻgʻoz uchun arziydimi va men kirgan kirgan oʻringa mendanda munosib inson bor edi deb savol bermikan

Xulosa …

Barcha bilimlar ma’lum bir asos ustiga quriladi. Ba’zi bilimlarni oʻrganish uchun oldin boshqa poydevorni qurish talab etiladi. Shuning uchun, diplomingiz qaysi kasbni yozishidan qat’i nazar, amaliy tajriba va mustaqil bilim olishni bugundan boshlang.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Anglash
Keyingi post
Ijtimoiy tarmoq qurbonlari