Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Anglash

Updated:

Kechikkan haqiqatlar

Ba’zi haqiqatlar bor ekanki, ularning mohiyatini toʻliq anglab yetishingiz uchun vaqt va hayotiy tajriba talab etilar ekan.

Abituriyentlik paytimning oxirgi yilida harbiy oʻqishga kirish uchun yugur-yugur qilib yurgan paytlarim hech yodimdan chiqmaydi ayniqsa oʻsha “tarjima hol”.

Bu hujjatda shaxsiyat, ta’lim, oilaviy sharoit va sudlanmaganlik kabi ma’lumotlar aks etishi kerak. Uni oldindan belgilangan shablon asosida toʻldirar edik. Shaxsiyatni tasvirlaydigan qismdagi bir jumla hech xotiramdan oʻchmaydi: “Dinim Islom va unga qisman e’tiqod qilaman”.

oʻshanda bu gapni oʻqib, ichimda: “Nega endi ‘qisman’? Axir men musulmonman va dinimga toʻliq e’tiqod qilaman-ku!” — deb oʻylagandim. Biroq, bu jumla haqiqatga qanchalik yaqin ekanini oradan vaqt oʻtib, universitetda oʻqib yurgan patylarimda anglab yetdim.

Zidiyatlar girdobi

Talabalik davrimda bir narsa meni qattiq oʻyga toldirdi: Yaratganni faqat boshi qiyinchilikka tushganda yoki ishi yurishmay qolgandagina eslaydigan, ibodatni faqat ehtiyoj deb biladiganlar… Shu bilan birga, bir qoʻlida tasbeh, ikkinchi qoʻlida gunoh — zino va fahshdan qaytmaydiganlarni koʻrib, koʻnglim xira boʻlardi.

Ayniqsa, “ba’zi qizlar” masalasi ogʻriqli. Ota-onasi ne-ne umidlar bilan oʻqishga joʻnatgan, ammo ular poytaxtga kelib shataloq otib, yoʻldan adashgan (albatta, besh qoʻl barobar emas). Bugun ular turmushga chiqishgan, umr yoʻldoshini aldayotgan va butun bir oila poydevori yolgʻon ustiga qurilgan. Bilmaydida u er ham, bilganda olarmidi? Balki shunga munosibdir.

“Tishlangan olmalar”ga rozi boʻlmasangiz, shunga loyiq boʻling.

oʻylab qolaman:

Turmushda halovat va qoniqish topolmayotganlarning ildizi balki mana shu oʻtmishdagi xatolardadir?

Boshi toshga tekkanda…

Abituriyentlik paytimda erta tongdan oʻqishga otlanardim. Mahallamizda bir aka boʻlardi, tong saharlab uni mast holda uchratish odatiy hol edi. Bugun u oʻzgargan, namoz oʻqiydi, yoʻli boshqa.

Lekin odam toʻgʻri yoʻlga qaytishi uchun albatta boshi toshga urilishi shartmi? Bu bizning asliyatimizga singib ketganmi:

Bu asliyatimizda bormikan deb oʻylayman:

Alkash qarisa — mulla, j***b qarisa — otinoyi.

Alkogol sotadigan doʻkonlar yonidan oʻtayotganimda ichimda gʻazab qaynaydi. Shu zaharli ichimlikni pullayotganlar, u sababli qancha oilalar barbod boʻlayotganini, qancha insonlar aziyat chekayotganini bilisharmikan? Afsuski, bunday “harom biznes” egalarining ishi hamon “yurishmoqda”.

Qancha mol-u dunyo orttirmasin qoʻli bosh ketishini va gunohlar yukini his qilish uchun ularga ham vaqt kerakmikan?

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Open Budget
Keyingi post
Oliy ta'lim illyuziyasi