Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Open Budget

Updated:

Open budget

Ota-ona va farzandlar

Tasavvur qiling, bir oilada bir nechta farzand bor. Ota-ona barcha farzandlariga bir xil mehr koʻrsatishi, ularning har biriga birdek sharoit yaratib berishi shart emasmi? Davlat — bizning umumiy uyimiz, biz esa uning teng huquqli fuqarolarimiz.

Soliq toʻlashda “kim koʻproq ovoz toʻplaydi?” degan shart yoʻq, hamma oʻz majburiyatini birdek bajaradi (QQS, daromad soligʻi va h.k.). Shunday ekan, asosiy ehtiyojlar uchun ajratiladigan mablagʻlar “lotereya” predmeti boʻlmasligi kerak.

”Bozor” va sun’iy poyga

limit Bugungi kunda jarayon afsuski adolatli raqobatdan uzoqlashib, oʻziga xos “ovoz bozori”ga aylandi. Buni inkor etib boʻlmaydigan bir qancha omillar isbotlab turibdi:

Bu qanchalik adolatli?

Endi oʻzingiz oʻylang, moddiy manfaat yoki majburlov evaziga yigʻilgan ovozlar ortida haqiqiy ijtimoiy ehtiyoj turadimi?

Chekka qishloqdagi, internetdan foydalanish tugul internet mavjud boʻlmagan hududlar, “ovoz sotib olishga” puli yoʻq, lekin yoʻli abgor boʻlgan mahalla aholisining aybi nima? Ular ham xuddi markazdagi faollar kabi soliq toʻlovchi emasmi?

Tizim kim uchun?

Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: Aslida aholi davlat yaratgan tizimlarga moslashishi kerakmi yoki tizim aholining real holatiga moslashishi kerakmi?

Agar tizim odamlarni ovoragarchilikka, majburlashga yoki oʻz ehtiyoji uchun “ovoz sotib olishga” majbur qilayotgan boʻlsa, demak u tizim xalqqa xizmat qilmayapti. Mukammal tizim — bu fuqaro qiynalmasdan, hech qanday poygalarsiz oʻz haq-huquqidan foydalana oladigan muhitdir.

”Ovoz berish shartmi?”

Aslida, keling, masalaga ochiq qaraylik: Davlat oʻz fuqarolariga ichimlik suvi yetkazib berishi, abgor yoʻllarni ta’mirlashi yoki elektr ta’minotini yoʻlga qoʻyishi uchun bizdan ovoz soʻrashi shartmi? Yoʻq, shart emas va boʻlmasligi kerak. Chunki:

“Open budget” — bu qoʻshimcha qulayliklar (masalan, bogʻ yaratish, kutubxona qurish, sport maydonchasi) uchun yaxshi instrument boʻlishi mumkin. Lekin suv, gaz va yoʻl kabi fundamental ehtiyojlar hech qanday ovozlarsiz, shunchaki fuqaro boʻlganimiz uchun ta’minlanishi shart.

“Open budget” odamlarni birlashtirishi kerak boʻlgan vositadan — odamlarni charchatadigan va majburlaydigan tizimga aylanib qolmadimi?

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Takrorlanmas kombinatsiyalar
Keyingi post
Anglash