
RGB modeli
R- Red (Qizil)
G- Green (Yashil)
B- Blue (Koʻk)
RGB — bu raqamli qurilmalarda qoʻllaniladigan asosiy ranglar modelidir. Atigi uchta rangning turli nisbatdagi kombinatsiyasidan millionlab ranglar hosil boʻladi. Siz hozir ushbu matnni oʻqiyotgan ekran ham har bir pikseldagi sub-piksellarning oʻzaro oʻyinidan yaratilgan.
Dasturlashda biz har bir rangni 0 dan 255 gacha boʻlgan raqamlar bilan ifodalaymiz. Masalan, rgb(255, 0, 0) — bu eng sof qizil.
Biologik “RGB”: Bizning DNK
Texnologiyada ranglar qanday takrorlanmas boʻlsa, borliqning moʻjizasi boʻlgan inson ham shunday. 23 ta xromosoma otadan, 23 tasi onadan — matematik jihatdan teng ulushli “mualliflik huquqi” asosida yangi dunyo shakllanadi.
Natijada hosil boʻlgan DNK kodi dunyodagi hech bir insonda aynan takrorlanmaydi. Biz hammamiz “unique” (yagona)miz.
DNK takrorlanmas boʻlganidek, insonning ruhiyati va fe’l-atvori ham turlicha:
- Kimdir uchun hordiq — shovqinli davra, kimdir uchun — sukunat.
- Kimdir tabiatan “default” holatda jiddiy, kimdir doim tabassumda.
Namuna boʻling
Biz koʻpincha oʻzimiz amal qilmaydigan qoliplarga boshqalarni solishga urinamiz: kimnidir haddan tashqari “vazminlikda”, boshqasini esa “erkinlikda” ayblaymiz. Lekin unutmang:
Koʻp soʻzlashning keragi yoʻq, shunchaki namuna boʻling!
Boshqalarni oʻzgartirishga sarflagan energiyamizni, ularning takrorlanmas tabiatini tushunishga va qabul qilishga sarflaylik.
Agar xohlaganingiz boʻlmasa, boʻlganini xohlang (va qadrlang).
Har bir inson — oʻz rangiga ega piksel va shu piksellar hayotni rang barang qiladi.