Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

SI

Terminator

1981-yilda Jeyms Kemeron qattiq kasal boʻlib, isitmasi koʻtarilib isitma ta’sirida u gʻalati bir tush koʻradi: olov ichidan chiqib kelayotgan va unga qarab emaklayotgan metall skelet. Aynan shu qoʻrqinchli tush “Terminator”ning asosiy gʻoyasiga aylanadi. Kemeron darhol bloknotiga shu skeletning eskizlarini chiza boshlaydi.

Kemeron suyuq metalli robot (T-1000) gʻoyasini birinchi qismdayoq oʻylagan edi, lekin 1984-yilda buni amalga oshirishning mutlaqo imkoni yoʻqligini tushunib, bu gʻoyani 1991-yilgacha (texnologiya rivojlanguncha) chetga surib turgan

AI (Artificial Intelligence)

AI haqida oʻylasam “Terminator” filmi xayolimga kelaveradi undagi robotlarni markazlashgan server boshqarib insonlarni qirib yuborishi. Biz ham texnologik jihatdan yaqinmiz. Robototexnika ancha vaqtdan beri rivojlanmoqda (ayniqsa Yaponiya bu sohada yetakchi) faqat shu robotlarga oʻzini oʻzi boshqara oladigan “ong” zarur edi u ham ancha tayyor boʻlib qolgandek. Qachondir shu “ong” tayyor boʻladi va xuddi filmdagidek dasturiy ta’minot va mexanika birlashsa bas.

AI yaratish rejasi ham oʻtgan asrdan buyon boʻlgan lekin uni yaratish uchun yetarlicha imkoniyat va resurslar boʻlmagan. Aynan biz yashab turgan davr zamonaviy kuchli kompyuterlar, internet, GPU(Graphics Processing Unit) kabilar rivojlanishi va eng asosiysi internet data (ma’lumotlar) bilan toʻlib toshgani unga yaxshi zamin boʻldi.

Dastlabki bosqichada AI modellarga togʻri promt berish (ingliz tilida) katta ahamiyatli edi. Asta sekin u barcha tillarda ixtiyoriy matnni tushunadigan holga kelmoqda.

Texnologik tafovut

Avvallari

Hozir bularning oʻrnini AI egalladi. Atrofda hamma AI bilan ishlayotgandek tuyuladi lekin dunyodagi odamlarning 80% dan ortigʻi uni ishlatib ham koʻrmagan. oʻzimizda boʻlsa odamlarning koʻpchiligi oddiy telegram imkoniyatlaridan toʻliq(ba’zilar hatto location yuborish) ham foydalana olmaydi.

Dasturchilar murakkab tizimlar qurib odamlarning muammosini yechishga katta energiya, vaqt sarf qilmoqda lekin koʻpchilik hali ham oddiy narsalarga tushunmaydi. Siz ularni yoshi kattalar qatlamiga mansub deb oʻylasangiz adashasiz. Yoshlar ham qoʻlidagi qimmatbaho device qanday imkoniyatlarga ega ekanini, nima uchun u bunday qurilma uchun katta pul toʻlaganini bilmaydi(maqtanish, koʻz-koʻzlik uchundir balki).

AI modellar qanday ishlaydi

Gemini, Claude va Grok kabi yirik til modellari ulkan hajmdagi ma’lumotlar toʻplamida oʻqitiladi. Bu jarayonda model ma’lumotlarni shunchaki xotirasiga saqlab qolmaydi, balki soʻzlar va tushunchalar oʻrtasidagi statistik bogʻliqliklarni oʻrganadi. Ya’ni

AI haqiqiy intellekt boʻla oladimi ?

Yuqoridagi Gemini, Claude va Grok kabi modellar nafaqat Stack Overflow kabi dasturlash forumlarini, balki insoniyat tafakkurining deyarli barcha raqamli omborlarini — Vikipediyaning koʻp tilli ensiklopedik bilimlarini, Redditdagi jonli bahslarni, millionlab ilmiy maqolalar va Githubdagi ochiq kodlarni, hatto asrlar davomida yozilgan badiiy adabiyotlarni ham ‘yamlamay yutib yuborgan’. Siz soʻrov berganingizda u katta ma’lumotlarni katta tezlikda sintez qiladi va yuqoridagilar (Vektorizatsiya,Kontekstni tahlil qilish va Ehtimollik ) ga asoslanib javobni tezda beradi. Unga nima oʻqitilishi bogʻliq agar avvalgi va hozirgi ijtimoy tarmoqdagi post, comment hokazolar bilan oʻqitilsa kelajakda farzandingizga sizni oʻzingizdan koʻra yaxshiroq tushuntiradi.

AI bir vaqtda minglab, millionlab, milliardlab odamlar bilimini oʻzida jamlab tezda eng oqilona javob berishi mumkin. Bu xuddi insonga fikrlashdek tuyulishi mumkin lekin bu shunchaki ma’lumotlarning katta tezlikdagi sintezi. AI ni oʻtgan asrda yaratib boʻlmasligining asosiy sabablari ham data edi. Shuning uchun ham AI rivojlanishi uchun dataga qaram(dependency).

Haqiqiy intellekt faqat odamda bor, faqatgina u kashf qila oladi.Sun’iy intellekt bu oʻqitilgan kompyuter, u keyinchalik rivojlanishi uchun unga data kerak.U oʻzining ma’lumotlaridan rekursiv foydalanib faqat spagetti mahsulot yarata oladi xolos (Model Collapse)

Kelajak: Kasblar yoʻqoladimi?

Yoʻq, faqat ularning shakli oʻzgaradi.

Dronlar paydo boʻlgani bilan harbiylar ishsiz qolgani yoʻq, aksincha ularning ishlash uslubi oʻzgardi. AI ham bizning kundalik vositamizga aylanadi. Bularning barchasi mening subyektiv fikrlarim. Hammasini vaqt koʻrsatadi.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Niqobdagilar
Keyingi post
Yoʻq deya olish san'ati