Insonlarni oʻrganishdan koʻra kompyuterlarni (hardware, software) oʻrganish osonroq.Ular rivojlanmoqda ammo odamlar kabi oʻzgaruvchan emas, sotib olgan kompyuteringiz 10 yil, 100 yildan keyin ham oʻsha kompyuterligicha qoladi.
Hayotda shunday insonlar boʻlar ekanki, koʻrgan odam binoyidek deb oʻylaydi, biroq asl basharasi qandayligini aniqlashga kishi qiynalar ekan.
Ishonchingizga kirib, sizga juda yaqin sirdoshdeak koʻrinib, biror odam haqida aytganlaringizni boshqacha talqinda yetkazib, yokida boshqa yoʻllar bilan oraga sovuqlik tushirib, “ochko” toʻplash payida boʻladigan ikki yuzlamachilar naqadar xudbin kimsalar ham afsuski topilar ekan.
Alisher Navoiy aytganlaridek:
Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon undan yaxshidir.