Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Odamlar nima deydi

Texnologiya

Zamon rivojlanmoqda robotlarni, dronlarni, avtomobillarni, uylarni va boshqa koʻplab qurilmalarni masofadan har xil protokollar yordamida boshqarish mumkin. Har bir qurilma qandaydir vazifa bajarish uchun oldindan “miyasiga” yozilgan komandalarga tayanadi.

Insoniyat

Koʻp oʻylayman: inson ixtiro qiladigan narsalarni koʻpchiligi oʻzidagi funksionallikdan ilhomlanib yaratarmikan, deb. Insonda ong bor, u fikrlay oladi. Lekin koʻpchilikka shu ong keraksizdek. Koʻpchiligimizni oʻzimizning ongimiz emas, boshqalarning ongi boshqaradi. Yana ham aniqrogʻi, bizni odamlarning gapi boshqaradi. Biz oʻzimizni, yaqinlarimizni “odamlar nima deydi” bilan tugatib boramiz.

Xuddi dasturlangan robotdek: bir tugmani bossa oʻchadi, yana birida yonadi, yana birida boshqa vazifa bajaradi.

Odamlar doim nimadir deyishgan va deyishadi. Xato qilishdan qoʻrqmaslik kerak. oʻxshasa — muvaffaqiyat, oʻxshamasa — tajriba. Texnikada bug chiqsa kodni oʻzgartirish mumkin. Lekin inson oʻzining “kodini” refaktoring qila oladimi?

Oxirgi marta qachon boshqalarning gapi uchun oʻz xohishingizdan voz kechdingiz?

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Biologik va insoniy burch
Keyingi post
Niqobdagilar