Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Biologik va insoniy burch

Oʻlik — tirikdek

Yaqinda ish yuzasidan bir tashkilotga bordim. U yerda Ikkinchi jahon urushida vafot etgan yurtdoshimizning yaqinlarini qidirishayotganiga guvoh boʻldim.

oʻylantirgan raqamlar: U kishi 1906-yilda tugʻilgan va 1943-yilda, bor-yoʻgʻi 37 yoshida urushda halok boʻlgan.

Menga eng qattiq ta’sir qilgan jihat — oradan atigi 4 ta avlod oʻtgach, bizni hech kim tanimasligi va xotirlamasligi mumkinligi boʻldi.


Tirik — oʻlikdek

Yaqinda bir doʻstim bilan mashinada ketayotib suhbatlashib qoldik:

Natijaga erishmasdan turib nimadirni qoʻyillatgandek maqtanishlikni tushunmayman.

Uni toʻgʻri tarbiya qilishga salohiyatim yetadimi? Odamlarga foydasi tegadigan, ortimdan la’nat emas, rahmat keltiradigan inson qila olamanmi deb emas, farzandlari soni bilan maqtanish qanchalik toʻgʻri?

Nasl qoldirish — tabiat qonuni, inson tarbiyalash — boshqa ish. Birinchisi biologik vazifa, u barcha jonzotlarda bor, bu ishni mol ham, qoʻy ham qila oladi. Goʻdakni tarbiyalab inson qilish esa bu boshqa yoʻl.

Koʻpincha biz oʻzimizni emas boshqalarning gapini eshitamiz:

oʻriklarning koʻplab navlari bor. Qaysidir oʻrik navlari ertaroq yetiladi boshqasi esa biroz kechroq, quyosh nuriga toʻyinib pishadi.

Ayrimlari esa gʻoraligidanoq tuzga belanadi.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Rizq
Keyingi post
Odamlar nima deydi