Yaqinda bir yaqinimiz boʻlajak qaynotalari oldiga suhbatga boribdilar. Ota qayerda ishlaysiz, qancha topasiz deb soʻrabdi. Doʻstimiz “faloncha” mln soʻm atrofida deyishlari bilan otamiz bu pulga oila boqib boʻladimi deb toʻyni toʻxtatmoqchi boʻlibdilar.
Men otasi biror vazirlikda ishlar ekanmi yoki nufuzli tashkilotlarda ishlab pensiyaga chiqgan ekanmi desam oddiy dehqon ekanlar.
Olma daraxtidan uzoqqa tushmaydi deganlaridek:
Hozirgi qizlar nega bunchalik “molparast”, “jasadparast” boʻlib ketyapti deb xafa boʻlmasangiz ham boʻladi.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisga koʻra (Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan), ona qornidagi homila 120 kunlik (4 oy) boʻlganida unga ruh puflanadi va bir farishta yuboriladi.
Farishta kelib, insonning peshonasiga (taqdiriga) quyidagi 4 ta narsani yozadi:
-
Rizqi: Umri davomida nima yeb, nima ichishi va qancha mol-mulk topishi.
-
Ajal (Umri): Qachon va qayerda vafot etishi, dunyoda qancha muddat yashashi.
-
Amali: Hayoti davomida qanday ishlar bilan mashgʻul boʻlishi.
-
Baxtli yoki baxtsizligi: Oxiratda saodat ahli (jannatiy) yoki shakovat ahli (doʻzaxiy) boʻlishi.
Rizqmiz va ajalimiz aniq ekan ular bizni qidirib topmasdan qoʻymaydi.