Hayotimiz xuddi klassik (matnsiz) musiqaga oʻxshaydi.
Undagi notalar goh sokin, goh yuksak tebranadi. Har birimiz unda oʻz matnimizni yozib, kuy bastalaymiz.
Kimdir bir umr eshitishga arzigulik albom yaratib, boshqalarga namuna boʻladi. Kimdir muvaffaqiyatsiz albomga sababchi boʻlsa, kimdirning albomi boʻsh qoladi. Yana kimlarnikidir boshlanmasdan tugaydi…
Kimdir esa shunchaki muvaffaqiyatli albomlarning “cover” versiyasini yaratadi, biroq baribir asl nusxa asligicha qoladi.
Musiqangiz atrofdagilarnikiga oʻxshashini xohlamasangiz — oʻz asaringizni oʻzingiz yozing