Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Qanoatsizlik

Orzu va istaklarimizning chegarasi

Inson tabiati qiziq: tinimsiz orzu-istaklar qilamiz, ularni hayotimizning oliy maqsadiga aylantiramiz.

Yillar davomida tinim bilmay ishlaymiz, umrimizning eng navqiron qismini mehnatga bagʻishlab, topgan-tutganimizni ana shunday “oʻsib boruvchi” ehtiyojlarga sarflaymiz.

Biriga erishganimizdan soʻng darhol ikkinchisini, unga yetgach esa uchinchisini koʻzlaymiz. Maqsadlarimizga erishish bizga faqat vaqtinchalik rohat va lazzat hissini beradi, xolos. Bu xuddi shoʻr suv ichgandek gap — ichgan sari chanqoq ortib, yanada koʻprogʻini xohlayveramiz. Bu — oʻziga xos ruhiy qaramlikdir.

Asl lazzat - bu kamroq lazzatlanishda emasmi

Dunyodagi eng mazali taom – bu qorni ochganda yeyilgan oddiy non. Dunyodagi eng yumshoq toʻshak – qattiq mehnatdan keyin uxlagan oddiy oʻrin.

Bunday xohish-istaklarning chek-chegarasi yoʻq. Umrimizni shularga sarflashga rozimizmi?

Atrofimizda hashamatli mashina, qasrdek uy va boshqa dunyo matohlari boʻlmasa ham minimal sharoitda yashab, hayotdagi asl “missiya”sini unutmasdan ham baxtli yashayotganlar bor-ku!

Biz boriga qanoat va shukr qilishni unutyapmiz.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Ijtimoiy tarmoq qurbonlari
Keyingi post
Aytilmagan so'zlar yuki