Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Yodlashdan bogʻlashgacha

Biz dunyoda nimaga erishsak bularni bari sarob, hattoki yillar davomida misqollab yigʻgan bilimlarimiz ham ishlatilmasa vaqt oʻtib unitiladi. Unitmaslik uchun bogʻlanish kerak.

Bogʻlash

Katta-katta binolarning asosi - beton quyishda panjara shaklidagi armatura temirlar ishlatiladi. Ularning vazifasi betonning mustahkamligini, binoning zilzila bardoshliligini oshirishdan iborat.

Biz oʻrganayotgan bilimlarimizning qanchalik mustahkam va ajralmas boʻlishi ham nimadir asosida (matematika, fizika va hokazo) tartibli va bogʻliq holatda boʻlishi kerak.

Biz koʻpincha nimadir oʻrganishda shunchaki qayta-qayta takrorlash orqali uni vaqtincha tushunganlik hissini olamiz, aslida uni hayotdagi qaysidir bilimlarimiz, xotiralarimizga bogʻlashimiz kerak.

Masalan chet tili oʻrganishda soʻzlarni shunchaki yodlashdan koʻra ularni qaysidir kontekstga bogʻlash koʻproq xotirada qolishga va shu soʻzni qayerda, qanday holatda ishlatishimiz mumkinligini tushunamiz yoki talaba misolida keltirsak: koʻpchiligimiz oʻqishga kirguncha fanlarni shunchaki yodlaymiz, oʻqishga kirgandan soʻng esa ular unutiladi.

Avtomobil guhovnomasini olish uchun test jarayonlariga tayyorlanishda ham men xuddi shu narsani koʻraman. Guvohnoma olingach, bilimlar unutila boshlanadi.

Uzoq vaqt davomida olingan bilimlarimizni unutayotganligimizni anglashimiz bizga yoqmaydi. Shunday ekan har qanday bilimni oʻrganishda uni nimadirga bogʻlashimiz kerak. Yodlashdan koʻra tushunish bilimni xotirada koʻproq saqlaydi.

Ammo qaysirdir yoʻnalish yoki sohada bilimlarimiz mustahkam boʻlishi har doim togʻri qaror qila olishimizni anglatmaydi.

Kasb sindromi

Qaysi muhit yoki soha ichida boʻlsak shu narsa bizning qarorlarimizga ta’sir qiladi. Masalan:matematik, dasturchi yoki huquqshunos qandaydir holat, vaziyat, muammoga oʻzining sohasi nuqtai nazardan qarashi.

Muammo nimada?

Tasavvur qiling, telefon ishlab chiqaradigan yirik brend yangi model ishlab chiqmoqchi.

Dizaynerlar boʻlimi telefonni oʻta chiroyli va nafis qilib loyihalashtirdi. Agar rahbar faqat dizaynerlar koʻzi bilan qarasa loyihani amalga oshirishi mumkin.

Ammo:

Hayotda yoki ish faoliyatimizda biror-bir sohada oʻta kuchli mutaxassis boʻlish bizni toʻgʻri qaror qilishimizni anglatmaydi. oʻta aqlli yoki yuqori lavozimli kishilar ham hayotida ahmoqona qarorlar qabul qiladi: hamma havas qiladigan yaxshi ishi, oilasi, farzandlari boʻla turib qimor oʻyinlariga aralashib oʻz joniga qasd qilganlar haqida koʻp eshitaman.

Xato qilish insonga hos, nega ular bunday xato qiladi deb oʻylaysiz?

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Functional Interface
Keyingi post
Nikoh