Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Nikoh

Zaif nikoh

Oʻzbekistonda 2025-yilda ajralishlar esa 46,9 mingtaga teng boʻlib, 2024-yilga nisbatan 1,8 mingtaga koʻpaygan.

Hozirda nikohlarning buzilish sabablaridan biri bu — farzandsizlik. Farzandsizlik oqibatida janjallar senariysi ajrashish bilan tugamoqda. Bu yerda hamma nikoh asosini farzand bilan bogʻlashida. Aslida nikohning asosi ikki insonning oʻzaro muhabbati, hurmati, ishonchi, mas’uliyati va birga hayot qurish qobiliyati emasmi?

Farzand esa shularning mevasi xolos. Bu degani nikohni buzish kerakligini va nikoh reproduktiv masalani hal qiluvchi ittifoq ekanini anglatadimi?

Yoʻq, albatta. Nikoh shunday rishtaki farzand boʻlmasa ham oʻz qiymatini yoʻqotmasligi lozim.

Farzandszilikdan qiynalgan 10,15,20- yillab umidini uzmagan insolarni koʻrsam matonatiga qoil qolaman. Asl inson ular.

va

Ya’ni farzandli boʻlish bizni avtomatik ravishda baxtli yoki axloqli inson qilib qoʻymaydi. Xuddi buni atrofdagilar bosimidan qutilish uchun qilaytganga oʻxshaymiz.

Atrofdagilar

Bu masalada yana oʻsha atrofdagilarning katta burni(birovning oilaviy masalalariga aralashish) va ularning bu gaplarni koʻtara olmaydigan yaqinlari gapirib bezor qilishi ham bor gap. Ya’ni turmush qurish bilan boshlanadigan gap: yangilik bormi?

Koʻpchilik “men” ni topib yoki topmasdan turmush quradi. Oʻzimizni anglashga yillar sarflab, qanaqasiga boshqa bir insonni qisqa muddatda yuz foiz bilish mumkin.

Dunyoqarashimiz bir-xilmi, hayotdagi maqsadlarimiz bitta chiziqda tutashadimi, farzand haqidagi qarashlarimiz bir xilmi, qadriyatlar kabi savollarning oʻzi toʻlaqonli hayot boshlash uchun yetarlimi?

Qiymat

Hayotimiz ma’nolaridan biri - nimadir berib yashash: odamlarga, jamiyatga, yaqinlarimizga yoki kelajak avlodga oʻzimizdan qandaydir yaxshilik qoldirish.

Qiymat:

Yani biz topganimizda emas, berganimizda koʻproq xursand boʻlamiz aslida. Qaysidir insonni sizda mavjud boʻlgan oddiy narsa bilan xursand qila olish ne’mat.

Bizning oʻlkamizdan yetishib chiqqan mutafakkir olimlarni(Al Buxoriy, Al Xorazmiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino …) ular bizga qoldirgan meroslari (qiymat) uchun qadrlaymiz. Bizga ularning nechta farzand koʻrgan, nasli qayerda toʻxtaganidan ham koʻra butun dunyoga bergan merosini koʻproq qadrlaymiz.

Insonning qiymati uning genetik liniyasi qancha davom etgani bilan oʻlchanmaydi.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni telegram kanalimda kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Yodlashdan bogʻlashgacha
Keyingi post
CPU ishlash prinsipi