Texnika
Koʻplab texnikalarni sotib olganimizda ularning yaroqlilik muddati boʻladi. Ana shu muddatdan soʻng texnikaning buzilish ehtimolligi oshib boradi. Qizib ishlash texnika umrini yeydi va muddatdan avval buzilishga sabab boʻlishi mumkin.
Goʻsht
Bizning xalqimiz koʻp narsalarni goʻsht bilan oʻlchaydi. Xuddi goʻsht yeydiganlar oʻrta yoki boy qatlamga, goʻshtga uncha qurbi yetmaydiganlari esa kambagʻal degan fikr shakllangandek.
Koʻp goʻsht yeyish tez qaritadi degan gaplar qulogʻimizda tez-tez chalinadi. Bu xuddi kambagʻallar tomonidan aytilgan gapdek tuyulishi mumkin. Aslida ham shundaymi?
Goʻshtni hazm qilish uchun organizm koʻp energiya sarflaydi (xuddi qizib ishlagan texnikadek) va goʻshtli taomlar yogʻga qovurib, ogʻir yogʻlar bilan yeymiz. Bu ichaklarda ham metabolizm sekinlashuviga olib keladi.
Va katta kaloriya beradigan oziq-ovqatlardan keladigan energiyani toʻgʻri ishlatmaslik yoki uning yigʻilishi semizlikka olib keladi. Va bular oʻzini rekursiv chaqiradi (kam harakatlilik, semirish)
Energiya hech qachon yoʻq boʻlmaydi, u faqat bir turdan ikkinchisiga oʻtadi. Xuddi suvdek
Togʻlar asrlar davomida oʻsib, qachondir choʻkishni boshlaganidek bizning tana aʼzolarimiz ham qachondir ishlagan sari qarib boradi.
Bu post umuman goʻsht yemaslikka chaqiruv emas. Hammasida me’yor boʻlishi haqida.